“Demokratik islohotlar- farovonlik garovi!”

“Demokratik islohotlar- farovonlik garovi!”

2023 yilning  17-aprel kuni  "TIQXMMI" MTU  1-ma'ruzalar zalida “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun “Konstitutsiya – davlatimiz poydevori”  mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy  maktabi tayanch  doktoranti trener Toshev Zafar Boboqulovich taklif qilindi,  “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o'qituvchilari va fakultetning 230 nafar talabalari ishtirok etdi. Ushbu targ'ibot tadbirini fakultet dekani R.Xakimov ochib berdi, u kirish so'zida har qanday Konstitutsiya hayotiy bo'lishi lozimligi, ya'ni u mamlakatning ijtimoiy va huquqiy voqeliklariga, xalqning orzu-umidlari va kelajak istiqboliga, xususan, zamon talabiga mos kelishi kerakligi haqida gapirdi.

   

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy  maktabi tayanch  doktoranti Toshev Zafar Boboqulovich so'zga chiqib, davlat va jamiyatda tub o'zgarishlar ro'y berayotgan bir paytda tabiiy ravishda Konstitutsiyaga jiddiy o'zgartirishlar kiritish taqozo etilishi,  har qanday demokratik islohotlar chin ma'noda xalqchil Konstitutsiyaviy asosga ega bo'lsagina, yanada bardavom bo'lishi haqida, shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgarishlar, moddalari to'g'risida tushuntirib berdi.  Shu bilan bir qatorda Davlatimiz rahbari yangilanayotgan Konstitutsiyamiz  “Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda  qabul qilinadi”, degan tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilsagina tom ma'noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi –xalq  Konstitutsiyasi bo'lishini alohida ta'kidladi.

   

Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, 30-aprelda o‘tkaziladigan referendumda faol qatnashishga chaqirildi.

Iqtisodiyot” fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti

  Universitet matbuot xizmati